The Kimyo International University in Tashkent allocated educational grants to 170 talented and socially vulnerable students for the 2022-2023 academic year

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2022-2023 oʻquv yili uchun 170 nafar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga taʼlim granti ajratdi


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2022-2023 oʻquv yili uchun 170 nafar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga taʼlim granti ajratdi.

Har yili Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti) yoshlarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼlim granti ajratadi. Taʼlim granti kvotasi ham yildan yilga oshib boradi. Masalan, oʻtgan yili 100 nafar iqtidorli talaba grant sohibi boʻlgan boʻlsa, bu yil ularning soni 170 taga yetdi. Universitetning toʻrt yilligi munosabati bilan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalarga tantanali ravishda sertifikatlar taqdim etildi.

Gʻoliblar institutning muhandislik, biznes va moliya, sanʼat, tibbiyot hamda taʼlim maktablari tarkibiga kiruvchi yoʻnalishlarning 2- 3- 4 kurs talabalari hisoblanadi.