Kadrlar bo‘limi

Kadrlar boʼlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kadrlar masalalari boʼyicha ishlarni yoʼlga qoʼyish va amalga oshirish;
  • kadrlarni tanlash va joylashtirish boʼyicha ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish, ularning malakasini oshirish, kadrlarni oʼqitish va qayta oʼqitish tizimini shakllantirishga yordam berish;
  • kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash;
  • Universitet tuzilmasi va shtatlar jadvali boʼyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
  • kadrlar bilan ishlashda mehnat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;
  • kadrlarning ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun qulay shart-sharoit yaratishga va jamoada sogʼlom muhitni saqlab turishga doir ishlarni amalga oshirish;
  • kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʼyish va ularning malakasini oshirish masalalarida Universitet tarkibiy boʼlinmalarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish.
Farrux Sulaymonov