Uzluksiz ta’lim markazi

Umumiy ma’lumot
Uzluksiz ta’lim markazining asosiy maqsadi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rahbar va pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish, ularning respublika va xorijiy davlatlarda malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va qayta tayyorlash kurslarida o‘qishini ta’minlashdan iborat.

Markazning maqsadlari:

  • rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish;
  • zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirishga ko‘maklashish;
  • kasbiy faoliyatga aloqador malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarining amaliyotga to‘liq joriy etilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib, ularning kasbiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlashi va o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali rahbar va pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini takomillashtirish.

Markazning vazifalari va funksiyalari:

  • pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
  • mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish;
  • o‘z pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilimlarni singdirish;
  • o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
  • pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllarini amaliyotga joriy etish;
  • pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
  • Universitet rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy mahoratini muntazam oshirish asosida ularning ilmiy-amaliy tadqiqotlardagi, innovatsiyalarni joriy etishdagi ishtirokini kuchaytirish; 
  • yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda Universitet rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablarining yangilab borilishini nazoratini ta’minlash, 
  • Universitet rahbar va pedagog kadrlarining faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini ta’minlash;
  • Universitet rahbar va pedagog kadrlarida butun jahon internet axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovasion texnologiyalarni egallash, ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • Universitet rahbar va pedagog kadrlarining davlat tili va chet tillarini o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasbiy mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini takomillashtirib borishda keng foydalanish;
  • yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan uzluksiz ta’limni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • pedagog kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalarini inobatga oladigan, tabaqalashtirilgan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini rivojlantirish asosida malaka oshirishning muqobil shakllarini joriy etish.

Markazning asosiy normativ-huquqiy xujjatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1026-sonli qarori;
Uzluksiz ta’lim markazi Nizomi. 
 

Alisher Sattorov