UzMedEn loyixasining navbatdagi uchrashuvi va malaka oshirish kurslari Buxoro shaxrida tashkil etilmoqda. Yevropa ittifoqining Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv va malaka oshirish kurslar joriy yilning 24-aprel kunidan Buxoro shahridagi Buxoro davlat texnika universitetida tashkil etilmoqda. Loyihaning navbatdagi uchrashuvi va malaka oshirish kurslariga Riga Texnika Universiteti va Vilnius Gediminas Texnika Universitetidan 4 nafar professor va soha mutaxassislari, shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Malaka oshirish kurslari davomida professor o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Здравствуйте! Ищете сотрудника, деканат или положение? Спросите меня.
Сотрудники, деканаты, кафедры и документы
Отвечаю по материалам этого сайта — бесплатно и сразу.
Здравствуйте! Я помощник KIUT. Найду на сайте сотрудников, деканаты, кафедры, отделы, положения и страницы.
Напишите имя или вопрос либо выберите:
Ташкентский международный университет Кимё