
Adiblar ruhi bilan sug‘orilgan ma’naviy sayohat!
Adiblar ruhi bilan sug‘orilgan ma’naviy sayohat!
Kuni kecha Universitetning “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Milliy bog‘ida joylashgan Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu sayohat davomida talabalar:
✨ Alisher Navoiy,
✨ Abdulla Avloniy,
✨ Abdulla Qodiriy,
✨ Zulfiya,
✨ Hamid Olimjon
kabi ulug‘ adiblarimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.
🖋 Ekskursiya nafaqat bilim, balki ilhom va badiiy zavq ulashgan, ona tilimiz va adabiyot ruhini chuqur his ettirgan tarzda o‘tdi.
🤝 Talabalar o‘zaro do‘stona she’riy mushoira va ma’naviy suhbatlar olib borib, nutq madaniyati hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🌳 Adiblar xiyoboni — bu nafaqat xotira maskani, balki yangi avlod qalbida adabiyotga muhabbat uyg‘otuvchi ma’naviy makon ekanini yana bir bor isbotladi.