
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining davlat arxivlarida amaliy mashgʻulotlarni olib bormoqdalar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Tarix yoʻnalishi sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari joriy haftalarda Adliya vazirligi huzuridagi Oʻzarxiv agentligiga qarashli turli davlat arxivlarida amaliy mashgʻulotlarni olib bormoqdalar.
Mazkur amaliyot kurslari tarixiy hujjatlar bilan bevosita ishlash koʻnikmasini shakllantirish, arxiv materiallarini izlash, tartiblash, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Ayniqsa, talabalar kelajakda arxivshunos, tarixchi yoki ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritishlari uchun bu amaliy tajriba katta ahamiyat kasb etadi.
Amaliy mashgʻulotlar davomida talabalar arxiv tizimi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, hujjatlarni qabul qilish, saqlash va foydalanuvchilarga taqdim etish jarayonlari bilan tanishmoqdalar. Ular oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini real hujjatlar ustida sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.