Buxoro davlat tibbiyot institutitida "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida "Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika" kafedrasida “Biotibbiyot muhandisligi xonasi” o‘quv laboratoriya xonasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriyaga Ispaniyaning Edibon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Computer Controlled Biomedical Parameters and Biosignals Unit jixozi olib kelindi. Ushbu jihoz yordamida Elektrokardiografiya (EKG), Puls oksimetri (SpO₂), Qon bosimi (BP) va Kapnografiya (etCO₂) biosignal o'lchovlarini talqin qilish va bajarishni o'rganish imkonini beradi. 👩💻Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati