TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
Magistratura bo'limining maqsadlari:
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining magistratura bo‘limi zamonaviy bilim, ilmiy-tadqiqot faoliyati va professional rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishni istagan talabalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Magistratura — oliy ta’limning ikkinchi bosqichi bo‘lib, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha chuqur nazariy bilim, ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalari va amaliy professional tajribani shakllantirishga qaratilgan.
Magistratura davomida talabalar:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘ladilar;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadilar;
- analitik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar;
- xalqaro ta’lim va ilmiy muhitda ishlash tajribasiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim odatda 2 yil davom etadi.
Magistraturaning maqsad va vazifalari
Magistratura ta’limining asosiy maqsadi — milliy va xalqaro standartlarga mos, yuqori malakali, ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Dastur quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- tanlangan sohada chuqur nazariy bilim berish;
- ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- mustaqil fikrlash va strategik qaror qabul qilishni rivojlantirish;
- xalqaro standartlarga mos professional mutaxassislarni tayyorlash;
- ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish;
- magistrantlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish.
O‘quv jarayoni
Magistraturada o‘quv jarayoni zamonaviy ta’lim standartlari asosida tashkil etiladi va quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- mutaxassislik fanlari;
- ilmiy seminar va treninglar;
- mustaqil ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlari;
- ilmiy rahbar bilan individual ishlash;
- magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.
Ta’lim jarayonida magistrantlarning ilmiy faoliyati, tadqiqot ishlari va akademik rivojlanishi muntazam monitoring qilinadi hamda zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlanadi.
Qabul jarayoni
Magistraturaga qabul universitetning masters.kiut.uz platformasi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi. Hujjatlar qabuli har yili 1-apreldan 1-avgustgacha davom etadi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- pasport yoki ID karta nusxasi;
- oliy ta’lim diplomi va ilovasi;
- elektron foto (3,5×4,5);
- mutaxassislikka mos bilim darajasi;
- zarur hollarda til sertifikatlari.
Qabul test yoki suhbat asosida amalga oshiriladi. Jarayon shaffof va raqobat tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Magistratura talabalari uchun imkoniyatlar
Universitet magistrantlarga keng akademik va xalqaro imkoniyatlarni taqdim etadi.
Xususan:
- xalqaro sertifikatga ega talabgorlar uchun imtiyozli qabul;
- fan olimpiadalari g‘oliblari uchun kirish imtihonlarisiz qabul imkoniyati;
- universitet grantlari asosida o‘qishni davom ettirish;
- xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish;
- xorijiy universitet va kompaniyalarda stajirovka o‘tash imkoniyatlari mavjud.
Magistratura yo‘nalishlari
Universitet magistraturasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish mumkin:
- Filologiya va tilshunoslik
- Dizayn
- Axborot texnologiyalari
- Sun’iy intellekt
- Muhandislik
- Pedagogika
- Iqtisodiyot va biznes
- Biotexnologiya
- Tibbiyot injeneringi
- Psixologiya
- Arxitektura va qurilish
Har bir yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan alohida o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.
Xalqaro hamkorlik va talabalar almashinuvi
Magistratura talabalari uchun xalqaro akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari faol yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar:
- double degree dasturlari;
- 1+1 va qo‘shma ta’lim dasturlari;
- exchange dasturlari;
- xorijda o‘qish va stajirovka imkoniyatlari
orqali xalqaro tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladilar.
2025–2026 o‘quv yili davomida Qozog‘iston Respublikasining Abilqas Saginov nomidagi Qarag‘andi texnika universiteti magistrantlari KIUTda ilmiy-amaliyot o‘tadilar. Bu kabi hamkorliklar xalqaro tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish va universitet nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Nomdor stipendiyalar
Magistratura bosqichi talabalari uchun nomdor stipendiyalar joriy etilgan bo‘lib, ular iqtidorli va faol magistrantlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mavjud stipendiyalar:
- Murod Sharifxo‘jayev nomidagi stipendiya;
- Ahmadjon O‘lmasov nomidagi stipendiya;
- Janpo‘lat Qudaybergenov nomidagi stipendiya.
Mazkur stipendiyalar magistrantlarning ilmiy, akademik va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Bitiruvchilarning imkoniyatlari
Magistratura bitiruvchilari:
- oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi;
- ilmiy-tadqiqot markazlarida mutaxassis;
- davlat va xususiy tashkilotlarda ekspert;
- xalqaro kompaniyalarda professional mutaxassis
sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Shuningdek, ular doktorantura bosqichida ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Diplom va kvalifikatsiya
Magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga:
- davlat namunasidagi diplom;
- tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasi
taqdim etiladi.
Magistratura — bu nafaqat ta’lim, balki professional rivojlanish, ilmiy izlanish va xalqaro imkoniyatlar sari muhim qadamdir. KIUT magistraturasi esa zamonaviy bilim, innovatsion yondashuv va global tajribani birlashtirgan holda talabalarni kelajak liderlari sifatida tayyorlaydi.
Magistratura mutaxassisliklari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida magistratura bosqichida quyidagi zamonaviy va xalqaro talablar asosidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud:
Iqtisodiyot va biznes
- 70411302 — Master of Business Administration
- 70410401 — M.Sc. Public Finance
- 70412202 — M.Sc. Corporate Finance
- 70410501 — M.Sc. Banking
- 70410102 — M.Sc. Audit
- 70410101 — M.Sc. Accounting
- 71010401 — M.Sc. Tourism
Pedagogika va psixologiya
- 70110501 — M.Sc. Theory and Methods of Primary Education
- 70110201 — M.Sc. Theory and Methods of Preschool Education
- 70110401 — M.Sc. Special Pedagogy, Defectology (Logopedics)
- 70310901 — M.Sc. Psychology (Social Psychology)
Muhandislik va texnologiyalar
- 70730301 — M.Sc. Civil Engineering and Construction
- 70730103 — M.Sc. Urban Planning and Landscape Architecture
- 70730101 — M.Sc. Architecture of Buildings and Structures
- 70711001 / 70711002 — M.Sc. Mechatronics and Robotics
- 70711101 — M.Sc. Medical Engineering
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt
- 70610701 — M.Sc. Artificial Intelligence
- 70610304 — M.Sc. Data Science
- 70610202 — M.Sc. Computer Science in Cyber Security
Biotexnologiya
- 70510103 — M.Sc. Biotechnology
Dizayn va filologiya
- 70210401 — M.A. Design (Fashion Design)
- 70230101 — M.A. Linguistics (Korean Language)
- 70230101 — M.A. Linguistics (Russian Language)
- 70230101 — M.A. Linguistics (English Language)
Barcha magistratura dasturlari zamonaviy o‘quv metodikalari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil etilgan bo‘lib, magistrantlarning professional va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Toshkent kimyo xalqaro universiteti
Magistratura faoliyati jarayoni sxemasi
TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
2025 - 2026 o'quv yili
- 70411302 - MBA - Biznesni boshqarish (MBA)
- 70410401 - MPF - Davlat moliyasi
- 70412202 - MCF - Korporativ moliya
- 70412202 - MBAN - Bank ishi
- 70410102 - MAUD - Audit
- 70412202 - MACC - Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 70412202 - MTOU - Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
- 70412202 - MPRI - Boshlang‘ich ta’lim: ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
- 70412202 - MPRE - Maktabgacha ta’lim: ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
- 70730301 - MCEN - Bino va inshootlar qurilishi
- 70510103 - MBIO - Biotexnologiya
- 70730103 - MUPLA - Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi
- 70730101 - MABS - Bino va inshootlar arxitekturasi
- 70711501 - MMR - Mexatronika va robototexnika
- 70610701 - MAI - Sun’iy intellekt
- 70110401 - MSPD - Maxsus pedagogika, defektologiya (Logopediya) new
- 70210401 - MFAD - Dizayn (Libos dizayni) new
- 70230101 - MKOR - Lingvistika (Koreys tili) new
- 70230101 - MRUS - Lingvistika (Rus tili) new
- 70230101 - MENG - Lingvistika (Ingliz tili) new
- 70310901 - MPSY - Psixologiya (ijtimoiy psixologiya) new
- 70711801 - MMED - Tibbiyot injiniringi new