Ro'yxatdan o'tish

 

1. Diplom Oʻzbekistonda tan olinadimi?

Toshkent shahridagi Yodju Texnika instituti taʼlim xizmatini koʻrsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va Oʻzbekiston hududida diplom toʻlaqonli tan olinadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2019 dagi 1007 — son qaroriga asosan ish faoliyatini yuritadi, ushbu qaror bilan Lex.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. Shuningdek, 2022-yil Oʻzbekistonning nodavlat oliy oʻquv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan boʻlib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega boʻldi.

2. Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun toʻlov qilinadimi?

Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun hech qanday toʻlov qilinmaydi.

3. Shartnoma toʻlovini boʻlib toʻlash imkoni bormi?

Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtilgandan soʻng shartnoma toʻlovining 50% qismini avval toʻlash zarur boʻladi, qolgan qismini esa birinchi yarim yillik yakunigacha toʻlov qilish imkoni mavjud.

4. Institutda oʻquv dasturi qanday?

Oʻquv dasturi asosiy ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan.

5. Oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga asoslanganmi?

Ha, bu oʻz navbatida talabalarga Yevropa va Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlarida ikki tomonlama diplom olish, almashinuv taʼlimi dasturlari boʻyicha turli xil qoʻshma xalqaro loyihalarida ishtirok etish imkonini beradi.
6. Qaysi xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik mavjud?

Janubiy Koreyaning Hanyang University, Chung Cheong University, Gachon University, Chosun University, Jeonju University, Namseoul University, Belgiyaning United Business Institutes, Bolgariyaning Varna Management University, Turkiyaning Yildiz Technical University va Buyuk Britaniyaning University of Strathclyde bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

7. Pedagogik va maʼrifiy faoliyatni kimlar olib boradi?

Faoliyat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Malayziya kabi xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari boʻlgan xalqaro va mahalliy professor-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

8. Taʼlim granti mavjudmi?

Har yangi oʻquv yili boshida institutda tahsil olayotgan (ikkinchi kursdan) iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun taʼsischilar tomonidan taʼlim granti ajratiladi.