Barqaror Rivojlanish Maqsadlari

Barqaror Rivojlanish Maqsadlari, yoki Global Maqsadlar deb nomlanuvchi qashshoqlikni yoʻq qilish, sayyorani himoya qilish va barcha odamlarga tinchlik va farovonlik olib kelishga qaratilgan universal choralardir. Maqsadlar BMTga aʼzo barcha davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston tomonidan 2015 yil sentyabr oyida maʼqullangan. Ularga 2030 yilga qadar erishilishi kerak boʻlgan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalar kiritilgan.