BIZ HAQIMIZDA

 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) ilk bor Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 24-iyuldagi №OT 0002 (033297) davlat litsenziyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi №1007 qarori asosida mamlakatdagi birinchi xususiy oliy taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 
Universitet birinchi va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha yuqori malakali bakalavrlarni (kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida) hamda magistrlarni (kunduzgi taʼlim shaklida) tayyorlaydi. Ta’lim oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Аkademik faoliyatni Janubiy Koreya, АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi ta’lim sohasida yetakchi sanalmish xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari boʻlgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar.
Hozirgi kunda TKXU ning 5 ta taʼlim maktabi tarkibida 28 ta bakalavriat va 20 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2021/2022 oʻquv yilida universitetning Namangan shahridagi, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab esa Samarqand shahridagi filiallarining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2022-yilda Oʻzbekistonning nodavlat oliy oʻquv yurtlari orasida TKXU birinchilardan boʻlib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega boʻldi. 
TKXU taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha litsenziyalarga ega bo‘lib, universitet bitiruvchilariga taqdim etiladigan diplom Oʻzbekiston hududida toʻlaqonli tan olinadi.