Tadqiqot
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Axborot-resurs markazining missiyasi jahon standartlariga javob beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda ilg’or ilmiy ta’limiy axborot resurslari bilan xizmat ko’rsatish orqali talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishlari, o’z kasbining yetuk malakali kadrlari bo’lib yetishishlariga ko’maklashishdir.
Markaz universitetning asosiy binosida joylashgan ikki qavatda faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun 350 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta o‘quv zali: universal adabiyotlar zali va guruh bo’lib ishlash zali mavjud. ARM fondi barcha ixtisosliklar bo'yicha kitobxonlar uchun ochiq taqdim etilgan. Universal adabiyotlar zalida elektron resurslar va internetdan foydalanish uchun 32 ta kompyuter mavjud.
ARM umumiy fondi 50 748 nusxani tashkil etib ulardan, bosma adabiyotlar 32 218 nusxa, elektron adabiyotlar 11 381 nusxa, audio kitoblar 498 nusxa, davriy nashrlar fondi 6 651 nusxani tashkil etadi.
ARM hodimlari foydalanuvchilarning barcha so’rovlariga beminnat yordam berishga hamisha tayyor.
Axborot-resurs markazi universitetning barcha talabalari, professor-o‘qituvchilari, ma’muriy va texnik xodimlariga axborot-kutubxona fondidan ochiq foydalanish imkonini beradi. Ish tartibi darslar jadvali va universitet rahbariyatining buyrug'iga asosan belgilanadi. Markaz tomonidan ko'rsatiladigan barcha xizmatlar bepul.
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:Veb sayt - library.kiut.uz
Elektron kutubxona - armat.kiut.uz
https://www.webofscience.com/wos/woscc/basic-search
https://link.springer.com/
http://search.ebscohost.com/
https://journals.sagepub.com/
https://us.sagepub.com/en-us/nam/imeche
https://www.sciencedirect.com/
https://www.proquest.com/
Dushanba - Juma 9.00 - 21.00
Shanba 9.00 - 18.00
Yakshanba - Yopiq
Salom! Kimnidir, dekanatni yoki biror nizomni qidiryapsizmi? Mendan so‘rang.
Xodimlar, dekanatlar, kafedralar va hujjatlar
Javoblarni shu saytning o‘zidan olaman — bepul va darhol.
Salom! Men KIUT yordamchisiman. Saytdan xodimlar, dekanatlar, kafedralar, bo‘limlar, nizomlar va sahifalarni topib beraman.
Ism yoki savolni yozing yoki quyidagilardan birini tanlang:
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti