• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Talabalar uyushmasi

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Talabalar uyushmasi

KIUT Volunteers

KIUT Volunteers — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan ko‘ngillilar harakati bo‘lib, universitetda volontyorlik madaniyatini rivojlantirish, talabalarning ijtimoiy mas’uliyati, fuqarolik faolligi va liderlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Tashkilot talabalarning bilim va ko‘nikmalarini jamiyat manfaatlari yo‘lida qo‘llash, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda universitet, mahalliy hamjamiyat va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • Tibbiy volontyorlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
  • Ijtimoiy va xayriya loyihalarini amalga oshirish;
  • Ekologik tashabbuslar va barqaror rivojlanish loyihalarida ishtirok etish;
  • Ta’lim va ma’rifiy dasturlar, seminar va treninglarni tashkil etish;
  • Universitet hamda jamoatchilik tadbirlarini volontyorlik asosida qo‘llab-quvvatlash;
  • Aholining turli qatlamlari uchun axborot-ma’rifiy aksiyalarni o‘tkazish;
  • Talabalarning innovatsion va ijtimoiy loyihalarini rivojlantirish.

Talabalar uchun imkoniyatlar

KIUT Volunteers a’zolari:

  • Universitet va xalqaro miqyosdagi volontyorlik loyihalarida ishtirok etadi;
  • Liderlik, jamoada ishlash, loyiha boshqaruvi va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
  • Ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • Davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalarda qatnashadi;
  • Professional va shaxsiy rivojlanish uchun amaliy tajriba orttiradi.

Universitet qadriyatlariga sodiqlik

KIUT Volunteers o‘z faoliyatida ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik, akademik halollik, inklyuzivlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qiladi. Tashkilot universitetning ta’lim, ilmiy va jamoatchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali talabalarning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlik

KIUT Volunteers faoliyati BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs), fuqarolik faolligi va ijtimoiy ta’sir tamoyillariga mos ravishda tashkil etiladi. Tashkilot mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, xayriya va volontyorlik yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tel.: +998 78 129 40 40 (159)

Bizning jamoa

Qoʻshimcha maʼlumot yoki savollar boʻyicha biz bilan bogʻlanishingiz mumkin: A blok, 214 xona.

G'ayratova Nilufar Ulug'bek qizi
G'ayratova Nilufar Ulug'bek qizi

Yetakchi mutaxassis

nilufar@kiut.uz
Adxamxo'jaev Saidagzam
Adxamxo'jaev Saidagzam

PR bo'yicha mutaxassis

s.adxamxojayev@kiut.uz
G'aybullayev Behzod
G'aybullayev Behzod

IT bo'yicha mutaxassis

b.gaybullayev@kiut.uz
Gaipov Azamat
Gaipov Azamat

Fotograf

a.gaipov@kiut.uz
Baxromov Mirzaaxmad
Baxromov Mirzaaxmad

Sport bo'yicha menedjer

m.bahromov@kiut.uz
Abdullayeva Mexriniso
Abdullayeva Mexriniso

Vice-president

+998 94 699 55 45
Shuxratova Ezoza
Shuxratova Ezoza

PR bo'limi

+998 90 036 38 28
Nig'matullayev Ilyos
Nig'matullayev Ilyos

Koordinator

+998 97 706 09 25
Shavkatov Bosit
Shavkatov Bosit

Koordinator

+998 97 666 56 76
Qodirberganova Kamola Otabek qizi
Qodirberganova Kamola Otabek qizi

Media

+998 88 006 06 39
Berdiyeva Sabriya Sherzodovna
Berdiyeva Sabriya Sherzodovna

Lavozim: Prezident

Makhmudjonov Komiljon Sunnatullo o'g'li
Makhmudjonov Komiljon Sunnatullo o'g'li

Lavozim: Kurator

Talabalar klublari

Universitetda talabalarni intellektual rivojlanishi uchun turli yoʻnalishlar boʻyicha 10 dan ortiq talabalar klublari mavjud. Jumladan, fan va tadqiqot, ijodiy va koʻngilochar klublar, xayriya, madaniy, teatr va sport klublari mavjud.

Talabalar toʻgaraklari talabalarga oʻz gʻoyalarini amalga oshirish va ularni hayotga tatbiq etish uchun sharoit yaratadi.

Talabalar toʻgaraklarida qatnashish koʻplab afzalliklarni beradi: yangi doʻstlar orttirish, yangi koʻnikmalarni rivojlantirish, jamoada ishlash, maqsadlar qoʻyish va ularga erishish qobiliyati, ijodkorlikni rivojlantirish, shuningdek, doʻstlar davrasida mazmunli vaqt oʻtkazish ham shular jumlasidan.

Klub nomlari: “Zakovat” intellektual klubi, “English speaking club”, “Quiz on Korea”, “Muhandis-D”, “IELTS club”, “Qalb-nuri” xayriya jamiyati, “Notiqlik”, “Dance” va “Toʻgʻri ovqatlanish” klublari.

Hurmatli talabalar! Universitetimizning “Koreys filologiyasi” yoʻnalishi dekanati va kafedrasi tomonidan quyidagi toʻgaraklar tashkil qilinmoqda:
 

Raqs toʻgaragi - har dushanba soat 15:00da 108 xonada (A-blok). 
Ustoz - Jung Sun Ae

Koreys adabiyoti toʻgaragi (sheʼriyat boʻyicha) - har chorshanba 9:30 - 10:30
Ustoz - Min Jae Wong

Kitob mutolaasi toʻgaragi - har shanba 10:30 - 12:00 (A 407)
Ustoz - Lee Eun Jung

Qoʻlyozma yozish toʻgaragi - har hafta onlayn topshiriqlar qabul qilinadi va individual koʻrsatmlar beriladi. 
Ustoz - Kim Hyun Dok

Xitoy belgilari toʻgaragi - har chorshanba 16:00 - 17:30 
Ustoz - Lim Byeong Nyeo

Taekvondo toʻgaragi - har juma 16:00
Ustoz - Lho Tae Gun

P.S.: Joylar soni cheklanganligi sababli koreys adabiyotiga qiziqqan va koreys tilini tushunish darajasiga ega, dasturda astoydil ishtirok etish istagi borlar ariza topshirishingizni soʻraymiz. Ayrim toʻgaraklarning xonasini aniqlashtirish, qoʻshimcha maʼlumot va ariza berish uchun 316-xonaga (A-blok) murojaat qiling.

 

KIUT tibbiyot markaziga xush kelibsiz!

Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) tibbiy markazlari talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishni hamda kampusda sog‘lom muhitni shakllantirishni maqsad qilgan. Universitet hududida malakali shifokor va hamshiralar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan doimiy punktlar quyidagi manzillarda joylashgan:

  • A bino, 2-qavat, 205-xona;

  • B bino, 1-qavat, 107-xona.

Markaz mutaxassislari salomatlikni akademik va shaxsiy muvaffaqiyatning asosi deb hisoblaydilar. Shu sababli, har bir murojaat qiluvchi uchun qulay va ishonchli muhit yaratilgan bo‘lib, u yerda sog‘liq bilan bog‘liq har qanday masalani muhokama qilish mumkin. Tibbiy xizmatlardan tashqari, markaz tomonidan kampusda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi turli ta’lim dasturlari, seminar va mahorat darslari (workshops) muntazam tashkil etiladi. Universitet ma’muriyati o‘z jamoasiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va salomatlik madaniyatini yuksaltirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Jismoniy tarbiya va sport

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “VOSIQ International School and Kindergarten” maktabi hududida joylashgan sport maydonchalaridan foydalanadi. Hozirda talablarimiz basketbol, volleybol va futbol boʻyicha turli musobaqalarda qatnashib, yaxshi koʻrsatkichlar koʻrsatib kelishmoqda. Undan tashqari, shaxmat boʻyicha Rektor kubogi oʻyinlari ham muntazam ravishda tashkil qilinadi. Har yilning bahor oyida “Parus” koʻngilochar maskani bilan hamkorlikda Bowling boʻyicha musobaqalar ham tashkil qilinadi.


Grantlar, moliyaviy koʻmak

Institutning taʼlim grantini qoʻlga kiritish uchun nomzodlar quyidagi talablarni bajarishlari va ularga mos kelishlari kerak:
  • Motivatsion xat;
  • Oʻquv yili davomida barcha fanlar boʻyicha imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishi/yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi;
  • Oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” baho boʻlishi;
  • Belgilangan oʻquv mashgʻulotlarida doimiy ravishda faol ishtirok etgan holda kamida 2 nafar professor — oʻqituvchining tavsiyanomasiga ega boʻlishi;
  • Mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy — amaliy konferensiyalar hamda turli darajadagi tanlovlarda faol qatnashishi va 1-2-3 oʻrinlarni qoʻlga kiritishi;
  • Institut ijtimoiy hayotida boʻlib oʻtadigan turli tadbirlarda faol ishtirok etishi;
  • Davlat tili bilan bir qatorda, kamida bitta xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi (koreys tili – TOPIK – 4, yoki ingliz tili – IELTS – 6.0);
  • Nomzodning shaxsiy xususiyatlari, odobi hamda boshqa afzalliklariga baho beriladi;

3- va 4-bosqich talabalarining taʼlim granti nomzodligida oʻquv yili davomida chop etilgan mahalliy va xorijiy jurnallardagi ilmiy maqolalarga ega boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi (shuningdek, qoʻlyozma Scimago tizimida indekslangan jurnalida chop etilsa ustuvorlik beriladi).


Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram