01.01.2023– 31.12.2025
UzMedEn 101082221— ERASMUS-EDU-2022-CBHE
-
Loyiha nomi: Oʻzbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura va oʻquv kurslari dasturlari (UzMedEn)
Loyiha raqami: UzMedEn 101082221— ERASMUS-EDU-2022-CBHE
Loyihani amalga oshirish muddati: 01.01.2023– 31.12.2025
Loyiha Oʻzbekistonda tibbiy asboblarni oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi jahon bozori talablariga va Yevropa Ittifoqining ilgʻor tajribalariga javob beradigan innovatsion oʻquv dasturlari orqali Oʻzbekistonda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda tibbiyot muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha magistratura dasturi va oʻquv kurslarini ishlab chiqish va xalqarolashtirishdan iborat.
UzMedEn loyihasining maqsadi – O‘zbekistonda tibbiy muhandislik sohasini rivojlantirish va bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Loyiha doirasida tibbiy muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy va xalqaro ECTS tizimiga mos magistratura dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, zamonaviy laboratoriyalar va o‘quv markazlarini tashkil etish orqali talabalar va mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Oliy ta’lim muassasalarida tibbiy muhandislik sohasining o‘quv sifatini oshirish, MOOC (Ochiq Onlayn Kurslar) platformasini yaratish orqali ochiq va qulay ta’lim imkoniyatlarini ta’minlash ham loyiha vazifalari qatoriga kiradi. Loyiha, shuningdek, ayollar, migrantlar va iqtisodiy jihatdan nochor guruhlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va inklyuzivlikni targ‘ib qilishni maqsad qiladi. Bundan tashqari, sanoat va tibbiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali talabalar uchun amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini yaxshilash, hamda tibbiy muhandislik sohasida professional jamiyat (Medical Engineering Society) tashkil etish orqali tajriba almashish va tarmoq rivojini kuchaytirish rejalashtirilgan. Umuman olganda, UzMedEn loyihasi O‘zbekistonda zamonaviy tibbiy texnologiyalar va ta’lim tizimini yaratish uchun mustahkam ilmiy-amaliy baza shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
HAMKORLAR:
Qo'shma hamkorlar:
Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Republic of Uzbekistan
Center of development of medical education Ministry of public health of the republic of Uzbekistan (Tashkent, Uzbekistan)
Educational center for service of medical equipment
“MAKRO FARM ANDIJAN” Ltd (Andijan, Uzbekistan)