01.12.2024– 30.11.2027
101179245 — GDCAU — ERASMUS-EDU-2024-CBHE
-
GDCAU loyihasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarida barqaror rivojlanish va yashil transformatsiyani ilgari surishga qaratilgan. Loyiha Yevropa Ittifoqining Yashil Kelishuv tamoyillarini o‘quv dasturlariga, boshqaruvga, ilmiy tadqiqotlarga, innovatsiyalarga va universitet-biznes hamkorligiga integratsiya qilishga qaratilgan.
GDCAU loyihasining asosiy maqsadlari:
Loyihada treninglar, tajriba almashinuvi, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pilot tashabbuslar, vazirliklar va manfaatdor tomonlar uchun siyosiy tavsiyalar tayyorlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, hamkor universitetlarda Yashil Kelishuv markazlari tashkil etiladi.
Kompetensiyaga asoslangan bakalavriatura/magistratura o‘quv dasturlari, Yevropa Ittifoqi va hamkor mamlakatlardagi mavjud o‘quv dasturlari tahlil qilingandan so‘ng ishlab chiqiladi va joriy qilinadi.
Bakalavr/magistratura bo‘yicha o‘quv dasturlari, jumladan, har bir hamkor Universitetlar kamida 2 ta yangi kurslar ishlab chiqish va 9 ta mavjud fanlarga yashil kelishuvga doir ma’lumotlar bilan boyitib o’quv dasturlarini yangilash ko’zda tutilgan.
O'qitish va o'qitishning yangi usullarini o'zlashtirish uchun har bir hamkor universitet o’qituvchilaridan kamida 2 nafari uchun malaka oshirish o'quv mashg'ulotlari Yevropa universitetlari tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek Loyiha ishtirokchilari orttirgan ilmiy tajribalari asosida har bir Universitet xodimlari orasidan kamida 10-20 nafarining yashil kelishuvga doir malakalarini oshirish vazifasi qo’yilgan.
Bundan tashqari loyiha ishtirokchilariga hamkor ishlab chiqarish va biznes korxonalari 100 nafar xodimlari uchun yashil kelishuv sohasida malakaviy kurslar tashkil etiladi.
HAMKORLAR:
AKADEMIK BO'LMAGAN HAMKORLAR:
Erasmus+ loyihasi doirasida Constructor University Bremen vakili Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi
2025-yil oktyabr oyida Erasmus+ dasturi doirasida Germaniyaning Constructor University Bremen oliygohidan loyiha koordinatori Zachary Reyna Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u universitetda faoliyat yuritayotgan Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU) loyihasi markazi – Green Deal Center faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Zachary Reyna Green Deal markazi ish faoliyati, universitetdagi ekologik tashabbuslar va yashil siyosatga doir amaliy yondashuvlar bilan tanishar ekan, loyiha bo‘yicha mas’ullar — Farkhad Niyazov va Kamaliddin Abdivakhidov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar loyihaning keyingi bosqichlari, barqaror rivojlanish siyosatini mustahkamlash hamda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Rasm uchun caption:
“Constructor University Bremen vakili Zachary Reyna Kimyo xalqaro universitetidagi Green Deal markazi faoliyati bilan tanishmoqda (Toshkent, 2025-yil oktyabr).”
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti o‘qituvchilari Slovakiyada “Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU)” xalqaro yig‘ilishida qatnashmoqda!
Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU)” loyihasi doirasidagi navbatdagi xalqaro yig‘ilish Slovakiya Respublikasida o‘tkazilmoqda. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashmoqda.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, energiya samaradorligi hamda “yashil kampus” konsepsiyasini oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish masalalarini muhokama qilmoqdalar.
Seminar va amaliy mashg‘ulotlar Slovakiyaning ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari hamda laboratoriyalarida o‘tkazilmoqda.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti vakillari energiya tejamkor texnologiyalar, chiqindisiz ishlab chiqarish, suv resurslarini boshqarish va ekologik ongni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashmoqda.
Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga chuqurroq singdirish imkonini beradi.
Yashil kelajak – bizning qo‘limizda!
#ToshkentKimyoXalqaroUniversiteti #GDCAU #GreenDeal #Sustainability #CentralAsia #Slovakia