16–18-sentabr kunlari KIUTning “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi vakillari
Portugaliyaning University of Aveiro universitetida o‘tayotgan GREENDT loyihasining 4-Project Meeting uchrashuvida ishtirok etmoqda.
GREENDT doirasida KIUTda “Atrof-muhit muhandisligi” magistratura mutaxassisligi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, zamonaviy laboratoriya bazasi va e-learning platformasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
KIUT va University of Aveiro hamkorligi doirasida Erasmus+ ICM dasturi orqali KIUT magistranti uchun Portugaliyada bir semestrlik akademik almashinuv imkoniyati ham kelishib olindi.
#KIUT #GREENDT #ErasmusPlus #UniversityOfAveiro #EnvironmentalEngineering