• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

2024 yilning 11 avgust kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi prof. A.Vaxobov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning birinchi xususiy va eng nufuzli universitetlaridan biri Kookmin universitetiga rasmiy tashrif buyurdi


2024 yilning 11 avgust kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi prof. A.Vaxobov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning birinchi xususiy va eng nufuzli universitetlaridan biri Kookmin universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. Kookmin universiteti Janubiy Koreyada “QS World university ranking” reytingida to’rtinchi o’rinda turadi. Biznesni boshqarish, ijtimoiy va gumanitar yo’nalishlarda malakali kadrlar tayyorlaydi.

Tashrif davomida mehmonlarni Kookmin universiteti prezidenti janob Jeong Seung-Ryeol va universitetning ishchi guruhi vakillari samimiy qabul qildi. Tomonlar hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma diplom dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bundan tashqari qo‘shma diplom dasturi imkoniyatlari, ikki tomonlama talaba almashinuvi, tadqiqot loyihalari va o‘zaro malaka oshirish dasturlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Tomonlar ushbu dasturlarni tez orada amalga `oshirishga oid kelishuvlarga erishdi.

Kookmin universiteti prezidenti Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisining oliy ta’limiga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi va harakatlarini e’tirof etib, uning bu yo‘ldagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Janob Jeong Seung-Ryeolning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hamkorlik nafaqat ikki universitet o‘rtasidagi ta’lim jarayonini rivojlantirishi, balki Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi.

Xulosa qilib aytganda, universitetlar o‘rtasida talaba va tadqiqotchilar almashinuvining yanada faollashishi, ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalari kuchayishi kutilmoqda. Bu esa, ikki universitet uchun ham ta’lim berish jarayoni sifatini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qiladi.


4

4. Sifatli ta'lim
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram