2025-yil 8-dekabr kuni Kimyo International University in Tashkent (KIUT) rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyevning Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Hyundai Elevator Smart Campus, Hyundai Research Institute hamda Hyundai Movex kom
2025-yil 8-dekabr kuni Kimyo International University in Tashkent (KIUT) rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyevning Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Hyundai Elevator Smart Campus, Hyundai Research Institute hamda Hyundai Movex kompaniyalari ofislariga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida Rektor Hyundai kompaniyasining to‘liq raqamlashtirilgan zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari, yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlari, robototexnika yechimlari hamda innovatsion monitoring platformalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Hyundai kompaniyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ilg‘or sanoat texnologiyalarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.