2026-yil 10-fevral kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida
2026-yil 10-fevral kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Moliya” kafedrasi tashabbusi bilan “Moliya va moliyaviy savodxonlik” yo‘nalishi doirasida talabalar o‘rtasida olimpiada o‘tkazildi.
Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi va 100 ballik tizim asosida baholandi. Birinchi bosqichda test sinovlari, ikkinchi bosqichda esa amaliy masalalar orqali ishtirokchilarning tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari baholandi.
Tadbir talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilib, ularning moliyaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirildi.