2026-yil 19-fevral kuni Italiya poytaxti Rim shahrida Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (KIUT) rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sapienza Università di Ro
Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni strategik bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Muzokaralar davomida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan:
— KIUT bazasida Sapienza universiteti filialini tashkil etish;
— qo‘shma fakultetlar hamda zamonaviy ta’lim markazlarini ochish;
— akademik va ilmiy dasturlarni integratsiyalash;
— double degree (ikki diplomli) dasturlarini joriy etish;
— innovatsion tadqiqot platformalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida professor Akmal Allakuliyev hamda Sapienza Università di Roma rahbariyati akademik va ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma grant loyihalari hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishdi.
Mazkur hamkorlik yuqori sifatli ta’lim standartlarini joriy etish, xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar va yosh olimlar uchun global akademik muhitga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Ushbu tashrif, shuningdek, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi, strategik bosqichga olib chiqishda muhim poydevor bo‘ldi.