2026-yil 4-fevral kuni soat 16:00 da Toshkent Kimyo xalqaro universitetining A bino 604-xonasida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Asrlar dahosi” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi
Adabiy kechada “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston nashriyotining bosh muharriri, tarjimon, jurnalist, jamoatchi va shoir Muhiddin Omon ishtirok etdi. U mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar haqida so‘z yuritdi hamda yoshlarning nutqini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Navoiy asarlarining o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, ijodkor talabalarning savollariga javob berib, o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi va talabalar olqishiga sazovor bo‘ldi. Adabiy kecha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.