2026-yil 5-may kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining “Mechanical Engineering” yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “UzAuto MOTORS” AJning O‘quv-ishlab chiqarish injiniring
Ushbu jarayon universitet va ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning muhim natijalaridan biri bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, muhandislik ko‘nikmalarini baholash hamda yosh mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi.
BMI himoyasi davomida talabalar o‘z ilmiy-amaliy ishlanmalarini taqdim etib, ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarga qaratilgan texnik yechimlar, takliflar va amaliy natijalarini himoya qildilar.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “UzAuto MOTORS” AJ ma’muriyatiga talabalarning amaliy tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlayotgani, 4+1 modeli asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etishdagi hamkorligi hamda BMI himoyasini korxona bazasida o‘tkazishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildiradi.
Universitet–ishlab chiqarish integratsiyasi - zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlashning muhim asosi!