2026-yil 5–6-iyun kunlari Samarqand shahrida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda uning huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Tibbiy reabilitatsiya: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy kon
Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy rahbarlari sifatida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Terapevtik fanlar kafedrasi dotsentlari, PhD Diana Baxtiyorovna Sattarova va Temur Baxodirovich Irmuhamedov faoliyat olib bordilar.
Konferensiya doirasida quyidagi ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi:
• Shahnoza Abdujalilova va Muborak Qutbiddinova — “Harakat faolligi yetishmovchiligi sharoitida bolalarda oyoq panjasi deformatsiyalari va qomat buzilishlarida kompleks reabilitatsiyaning samaradorligi”;
• Anastasiya Zubareva va Said Janabayev — “Yosh bemorlarda oyoq panjasi biomexanikasining bel umurtqa pog‘onasidagi og‘riq sindromi darajasiga ta’siri”;
• Yuliya Korniyenko va Diera Ermatova — “Miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan keyingi bolalarda reabilitatsiya dasturlarini individuallashtirish”;
• Ziyodaxon Nabixo‘jayeva — “Insultdan keyingi bemorlarda harakat funksiyalarini tiklashda ergoterapiya qo‘llash samaradorligi”;
• Dinora Omonboyeva va Samira Tuychiyeva — “Bolalar serebral falajida ippoterapiyani kompleks reabilitatsiya yondashuvi sifatida qo‘llash”;
• Mubina Urmanova va Ruxshona Urishova — “Kesarcha kesish amaliyotidan keyingi kechki tiklanish davrida jismoniy reabilitatsiyani optimallashtirish”.