2026-yil 6-yanvar kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tibbiyot maktabi talabalaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Chengde shahrida joylashgan **Chengde Medical University**ga malakaviy amaliyot dasturi doirasida jo‘nab ketdi
2026-yil 6-yanvar kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tibbiyot maktabi talabalaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Chengde shahrida joylashgan **Chengde Medical University**ga malakaviy amaliyot dasturi doirasida jo‘nab ketdi.
Chengde shahriga yetib kelgan talabalarimiz hamkor universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Amaliyotning ilk kunidanoq talabalar zamonaviy klinik mashg‘ulotlarga jalb etilib, ilg‘or tibbiy texnologiyalar, diagnostika va davolash usullari bilan yaqindan tanishishni boshlashdi.
Mazkur malakaviy amaliyot dasturi talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tibbiy ta’lim standartlari asosida tajriba orttirishiga xizmat qiladi. Xususan, xorijiy klinik muhitda faoliyat yuritish, bemorlar bilan ishlash madaniyati va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun muhim poydevor hisoblanadi.