26-fevral kuni rektor boshchiligida Universitet talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni targ‘ib qilish maqsadida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan musobaqa talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. G‘olib hamda faol ishtirokchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, rektor mahalliy va xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va muammolarini tingladi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mazkur tadbir talabalar hayotini yanada faollashtirish va ijtimoiy muhitni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.