6 iyun kuni O‘zbekiston muhandis-maslahatchilari assotsiatsiyasi UNOPS bilan birgalikda "Birlashgan Millatlar tashkilotining global bozori bilan tanishish - joriy va kelajakdagi biznes imkoniyatlarini o‘rganish" mavzusida seminar tashkil etdi
Seminar universitetimiz hamkori “O‘zInjiniring” RLI ko‘magida o‘tkazildi.
Seminar barcha darajadagi arxitektorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tadbir davomida qatnashchilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va UNOPS haqidagi umumiy maʼlumotlar, UNOPS ning yetkazib beruvchilarni izlash tizimi va UNOPS ning etika va firibgarlik masalalariga yondashuvi bilan tanishdilar.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari ham seminarda faol ishtirok etib, sohadagi so‘nggi tendentsiyalar haqida juda ko‘p foydali maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. “Arxitektura va shaharsozlik” fakulteti rahbari Kamoliddin Saidov seminarning dolzarbligini yuqori baholadi va tadbirni tashkil etgani uchun hamkorlarimizga minnatdorchilik bildirdi.