8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Hospitality Event Management” hamda “Restaurant and Food Service Management” fanlari doirasida Turizm kafedrasi katta o‘qituvchilari N. Xasanova va M. Tolipova rahbarligida, 4- va 3-kurs talabalari ishtirokida yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.