8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
Kuni kecha 5-dekabr kuni universitetda 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida Konstitutsiyani oʻrganishning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro huquq, milliy qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻzaro taʼsiri masalalari haqida gap ketdi.Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻqituvchisi Usmonov Vosid Muxammadiyevich mehmon sifatida ishtirok etdi.