Visit with Baylor University in the USA Reveals Several Opportunities for Cooperation

AQShning Baylor universitetiga tashrif hamkorlik uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi


Eslatib o‘tamiz, rasmiy delegatsiyamiz ayni damda Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Kecha ular AQShning Texas shtatidagi Baylor universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitetning global aloqalar bo‘yicha prorektori Jeffri Hamilton va Robbins kolleji dekani Jeyson Karter kutib oldilar. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha islohotlarga amerikalik mutaxassislarni jalb etish istiqbollarini muhokama qildilar. Toshkent Kimyo xalqaro universitetining tibbiyot, iqtisod, moda dizayni va muhandislik yo‘nalishlari bilan bog‘liq sohalarda potentsial hamkorlik muhokama qilindi. Uchrashuvda interyer dizayni bo‘yicha hamkorlik, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.