A co-working office of Kimyo International University in Tashkent has opened at Roosevelt University in the USA

AQShning Ruzvelt universitetida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining coworking ofisi ochildi


Ruzvelt universitetining prezidenti Ali Malekzade va Toshkent Kimyo xalqaro universitetining (TKXU) taʼsischisi Alisher Vaxobov tashabbusi bilan ofisining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ofisning ochilish marosimida Ruzvelt universitetining professor-oʻqituvchilari va oʻquv jarayonini boshqaruvchi menejerlari ham ishtirok etdi.

Ochilish marosimidan soʻng Ruzvelt universitetining prezidenti Ali Malekzade va vakillarimiz oʻrtasida muzokaralar boshlandi. Unda TKXU rektori Janpolat Kudaybergenov hamkorlikda amalga oshirilishi reja qilingan loyihalarni taqdimot qilndi. Shuningdek, hamkorlikda tashkil qilinayotgan MBA dasturi shartlari va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida Ruzvelt universitetining Prezidenti Ali Malekzade taʼlim orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim, madaniyat va iqtisodiy sohadagi hamkorlikni faol qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlab oʻtdi. 

Eslatib oʻtamiz, vakillarimizning Amerika Qoʻshma Shtatlariga uyushtirilayotgan safari davom etmoqda.