Arxitektura va qurilish yo‘nalishi talabalari uchun zamonaviy muhandislik tizimlarini, ayniqsa binolarda samarali mikroiqlimni ta’minlaydigan texnologiyalarni bilish muhim hisoblanadi
Shu maqsadda universitetimizda Hisense kompaniyasi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etilib, unda talabalarga VRF/VRV konditsioner tizimlari, energiya tejamkor texnologiyalar, aqlli boshqaruv tizimlari hamda binolarda qulay mikroiqlim yaratishga qaratilgan zamonaviy yechimlar taqdim etildi. Kompaniya mutaxassislari ushbu tizimlarning ishlash tamoyili va loyihalash jarayonlari haqida amaliy misollar asosida tushuntirish berdilar.