• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

“Axborot tizimlari muhandisligi”


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Axborot tizimlari muhandisligi” yoʻnalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan yangi loyihalar koʻrgazmasi jamiyatdagi dolzarb muammolarga zamonaviy yechimlar taklif qilishga qaratildi. Tadbir davomida talabalar oʻzlarining innovatsion yondashuvlari va texnologiyalar sohasidagi mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega boʻldilar. Loyihalar orasida ekologiya, sogʻliqni saqlash, taʼlim va shahar infratuzilmasini yaxshilash kabi turli yonalishlarni qamrab olgan yangiliklar taqdim etildi.

Jumladan:

AmuTech CMC 204 — Kombaynlarda oʻrim jarayonini nazorat qiluvchi, kombaynning texnik holatini monitoring qilib boruvchi tizim. Ushbu tizim kombayn haydovchisiga koʻplab qulayliklarni taqdim etadi.

VENDOR — Doʻkondagi jarayonlarni monitoring qilish tizimi boʻlib, omborxonadan tortib, kassagacha boʻlgan ish jarayonida mahsulotlar soni va narxini nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Kungaboqar — Quyosh panellarini avtomatik ravishda quyosh holatiga mos harakatlantiradi va oʻrnatilgan sensorlar yoʻrdamida moslashtirib boradi va natijada panellarning samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.

SmartBin — Ushbu loyiha chiqindi yigʻish tizimini avtomatlashtirishga yoʻnaltirilgan. Bunda, chiqindi savatlarining toʻlganligi, undagi chiqindi miqdori avtomatik ravishda tizimga yuklanadi va chiqindi avtomobillarining ortiqcha harakatlarini kamaytirib, toʻplangan chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish muammosi ijobiy hal boʻladi.

SmartGlasses — Koʻzi ojizlar uchun maxsus koʻzoynak yaratish loyihasi boʻlib, koʻzi ojiz shaxs koʻzoynakni taqib harakatlanganda uning oldida toʻsiq mavjud boʻlsa, koʻzoynak ovoz chiqarib shaxsni bu haqda ogohlantiradi.

“MRT” — Zaruriy dorilar mavjud boʻlgan dorixonalarni tez va aniqlik bilan topib beruvchi xizmat. Shuningdek ushbu xizmat dorixonagacha boʻlgan masofani va dorixona haqidagi sharhlarni foydalanuvchiga taqdim etadi.

Smart Irrigation — Qishloq xoʻjaligi yerlarida yerning namligini oʻlchab turadi va zarurat boʻlganda sugʻorish tizimlarini ishga tushiradi.

S-trade — Birjada qimmatli qogʻozlar va aksiyalarning oʻsishi va tushishini bashorat qilib beruvchi tizim. Aksiyalarning avvalgi narxlari asosida keyingi davr mobaynida narx oʻzgarishini bashorat qiladi.

Bu koʻrgazma nafaqat talabalarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga, balki ularning ijodiy va innovatsion qobiliyatlarini ragʻbatlantirishga ham xizmat qiladi. Shu tariqa, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻzining taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish va jamiyatdagi muhim muammolarga yechim topish yoʻlida faol ishtirok etmoqda.

 


4

4. Sifatli ta'lim
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram