The agenda of the working visit of the members of our delegation, who are currently in the United States, contained several meetings

Ayni paytda AQShda xizmat safarida boʻlib turgan delegatsiya aʼzolarimizning ish rejasi uchrashuvlarga boy boʻlmoqda


Kuni kecha vakillarimiz Portland davlat universitetiga (PSU) tashrif buyurishdi. 
Delegatsiyamiz aʼzolarini PSUning xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar boʻyicha ijrochi direktori Ron Witczak hamda qabul va hamkorlik boʻyicha koordinator Monika Mulderlar kutib oldi.

Muzokaralar chogʻida talabalar va professor-oʻqituvchilar akademik mobilligi dasturini yoʻlga qoʻyish muhokama etildi. Bu borada amaliy hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida talabalar almashinuvi va professor-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilishga kelishib olindi. 

Maʼlumot oʻrnida. Portland davlat universiteti Portland shahridagi davlat tadqiqot universitetidir. Bu Oregon shtatida joylashgan yagona davlat universiteti hisoblanadi. Universitet Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Universitet “R2: doktorantura universitetlari — yuqori tadqiqot faoliyati” qatoriga kiritilgan.