None

“Barmoqlardan toʻkilar soʻzlar”


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan 31-oktabr - “Surdotarjimonlar kuni”ga bagʻishlangan “Barmoqlardan toʻkilar soʻzlar” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-maktab-internati oʻquvchilari hamda “Maxsus pedagogika” yoʻnalishi talabalari oʻzlarining chiroyli sahna koʻrinishlari bilan ishtirok etdilar.