
Baxtli oila sirlari
Universitetning mutaxassis tayyorlash strategiyasini amalga oshirib borishdagi uzluksizlik va yuqori sifat darajasini taʼminlash hamda yetishib chiqayotgan kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2022-yilning 16-noyabr kuni “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, professor Shoumarov Gʻayrat Baxramovich ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda oilaning sogʻlom boʻlishi, unda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, soʻng oʻzi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida oʻz davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini taʼminlovchi, hal qiluvchi omil boʻlgan inson kamolotida oilaning tutgan oʻrni beqiyosligi haqida qiziqarli davra suhbati olib borildi.