Professor - economist from the UK gave a lecture for students of the School of Business and Finance

Biznes va moliya maktabi yoʻnalishi talabalari uchun Buyuk Britaniyadan kelgan iqtisodchi-professor maʼruza oʻtib berdi


Buyuk Britaniyaning UWE Bristol (University of the West of England Bristol) universitetida Iqtisodiyot kafedrasi rahbari, Dr. Kobil Ruziev va talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
Uchrashuvda Dr. Kobil Ruziev talabalarga “Banklarni qutqarish va davlat qarzining barqarorligi” mavzusida maʼruza oʻtib berdi (Bank bailouts and Sustainability of Government Debt). Vatandoshlarimiz orasida xorijning nufuzli universitetlarida taʼlim berib kelayotgan professor va oʻqituvchilar koʻp va ularning yurtimiz yoshlari bilan uchrashib, sohaga oid bilimlari bilan boʻlishlari maqtovga loyiq. Zero, bu orqali talabalarga rivojlangan davlatlarning taʼlim tizimi va bosib oʻtgan tajribasini yaqindan oʻrganishga imkon beradi. Shuningdek, bu kabi tashkil qilingan uchrashuvlar talabalarning dunyo qarashiga ijobiy taʼsir qiladi.