job vacancy

Bo'sh ish o'rni!


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Amaliy informatika” kafedrasiga oʻqituvchilar ishga qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) O’qituvchi o’tadigan fanlari: Logic Design, E-Government & IT-Law, Advanced Computer Networks, Mobile Computing, Data Science, Artificial Intelligence, Information Security

2) Ilmiy daraja: Magistr, fan doktori, fan nomzodi yoki PhD;

3) Tillar: quyidagi tillardan kamida birini mukammal bilish: ingliz, rus va o‘zbek tillari;

4) Agar nomzod xorijiy oliy o‘quv yurti diplomiga ega bo‘lsa yoki xorijdagi ilmiy konferensiyaga ma’ruzachi sifatida taklif qilingan bo‘lsa yoki xalqaro grant yoki mukofotni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, u ustuvorlikka ega bo‘ladi.

Nomzod o'z CV ni kafedra mudiri prof. Jambul Yusupovga (E-mail: j.yusupov@kiut.uz; hr@kiut.uz) yoki ma'lumot uchun telefon orqali bog'lanishingiz mumkin: 78 1294040 (136).

Shaxsiy ma'lumotlardan tashqari, rezyumeda chop etilgan ilmiy maqolalar ro'yxati, H indeksi, ilmiy daraja, mukofotlar va grantlar bo'lishi kerak.

 

“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi magistratura bo‘limiga “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligiga professor-o‘qituvchilarni ishga taklif etadi!

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

🔸Yuqori pedagoglik mahorat va malaka.
🔸Ishga mas’uliyatli yondoshuv.
🔸Sohada kamida to‘rt yillik ish tajribasi.
🔸Chet tillarida (rus va ingliz tili) dars tashkil etishi.
🔸Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lish (PhD, DSc).

Vazifalar:
Magistratura mutaxassisliklarida yuqori darajada pedagoglik va ilmiy faoliyat olib borishi zarur.

Shartlar:
🔸Ish vaqti: dars jadvaliga muvofiq.
🔸Soatbay ish.
🔸Ish haqi har bir nomzod bilan suhbatda muhokama qilinadi.

Elektron pochta: mmrustamova@gmail.com
Telefon: 78 129 40 40, ichki raqam 155