Bowling oʻyini
Bowling oʻyini — yengil jismoniy mashq, imtihonlar davomida stressdan xalos boʻlish usuli, kursdoshlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash, strategiya va jamoada ishlash kabi koʻnikmalarni rivojlantirish uchun ajoyib sport turi boʻlsa kerak.
Aynan shuning uchun Toshkent Kimyo xalqaro universitetining hamkorlaridan biri “Parus” savdo majmuasida sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun Bowling musobaqasi tashkil qilindi. Sirtqi taʼlim yoʻnalishi dekanati tomonidan tashkil qilingan musobaqa doʻstona va koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.