Today in London, the capital of England, a large educational and technological exhibition "Bett show 2023" has started

Bugun Angliya poytaxti London shahrida ta’lim va texnologiyaga oid yirik «Bett show 2023» (https://www.bettshow.com/) ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi


Ko‘rgazma har yil an’anaviy tarzda tashkil etilib, unda qatnashish uchun minglab ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishadi. 
Joriy yilgi ko‘rgazmada ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar soni hozirgacha 60,000 ni tashkil etmoqda va bu ko‘rgazmada Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari ham universitet nomidan ishtirok etishmoqda. 
«Bett Show» ko‘rgazmasida asosan ta’lim va texnologiya sohalarida bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklar taqdimoti va tanishtiruvi bo‘lib o‘tadi. 
Shuningdek, soha mutaxassislari va spikerlari tomonidan maxsus o‘quv-seminarlar uyushtirilib, ishtirokchilarga dasturiy qo‘llanma va real keyslar beriladi.