Today, the delegation on a working visit to South Korea met with a group of representatives headed by the rector of Daegu University, Soon-Jin Park

Bugun Janubiy Koreyada xizmat safarida boʻlib turgan delegatsiya Daegu University rektori janob Soon-Jin Park boshchiligidagi bir guruh vakillar bilan uchrashdi


Uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli rejalarni belgilab olish zarurligi qayd etildi. Kelgusida nafaqat “2+2” dasturi asosida talabalar almashinuvi, balki professor-oʻqituvchilarning oʻzaro malaka oshirishlari, shuningdek, birgalikda darslik va oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy maqolalar chop etish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Daegu University ning oʻquv, ilmiy va xalqaro faoliyatiga oid maʼlumotlar oʻrganildi. Shuningdek, ushbu universitetga kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz bilan uchrashib, ularning oʻqish va yashash sharoitlari, qiziqtirayotgan masalalari yuzasidan muloqot boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida talabalarga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Daegu University tomonidan ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.