• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Bugun Nagoya Iqtisodiyot universitetining prezidenti janob Haruo Saburi boshchiligidagi delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi


         Bugun, Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) Yaponiyaning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Nagoya iqtisodiyot universitetidan (НЭУ) delegatsiya tashrif buyurdi. НЭУ prezidenti janob Haruo Saburi boshchilik qilgan delegatsiya aʼzolarini TKXUning taʼsischisi prof. Alisher Vaxobov kutib oldi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari tarkibida “NORITSUISU” CO., Ltd xalqaro ishlab chiqarish kompaniyasi prezidenti janob Michio Aoki hamda “ACES JAPAN” FE LLC xalqaro kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi sotuv boʻlimi boshligʻi Isakov Islomjon ham tashrif buyurdilar.

      НЭУ xalqaro aloqalarni keng rivojlantirgan va Yaponiyada yuqori obroʻga ega boʻlgan universitetlardan biri hisoblanadi. Tashrif davomida ikki universitet oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida kelgusida memorandum imzolash, oʻzaro keng qamrovli loyihalarni tashkil etish va “2+2” dasturlari asosida talabalar almashuvini amalga oshirish kabi rejalar belgilandi. Bu tashabbuslar universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtaradi va talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, TKXU talabalariga magistratura va doktorantura bosqichlarida ingliz va yapon tillarida taʼlim olish imkoniyati yaratiladi. Bu esa xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari professor-oʻqituvchilari ham Nagoya iqtisodiyot universitetida malaka oshirish va amaliyot oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu tajriba almashinuvi nafaqat ilmiy va pedagogik salohiyatni oshirishga, balki xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tashrif yakunida, ikki tomon doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratganliklarini bildirdilar. Bu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan yana bir muhim qadam boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida TKXU taʼsischisi prof. A. Vaxobov, rektor v.b. prof. K. Axmedjanov va “Arxitektura va shaharsozlik” taʼlim yoʻnalishi rahbari K. Saidov Yaponiyada xizmat safarida boʻlib qaytgan edi. Toshkentdagi ushbu uchrashuv delegatsiyamizning Yaponiyaga qilgan xizmat safarining mantiqiy davomi boʻldi.


4

4. Sifatli ta'lim
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram