None

Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Ayollar ilm-fan yoʻlida: kelajakka nazar” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Ayollar ilm-fan yoʻlida: kelajakka nazar” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir ayol va qizlarning ilm-fanda erishgan yutuqlari va muammolarini yoritish, ularni ilmiy doiraga keng qamrab olishga yoʻnaltirilgan harakatlarni ragʻbatlantirishga qaratildi.

Shuningdek, olima ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi tarmoq yaratish, ayol va qizlarning ilmiy sohadagi mavqeyini yaxshilash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.