Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Ushbu masala bugungi kunda jamiyat va yoshlar xavfsizligi uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. S. Rasulov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi A. M. Islomov olib bordilar.