Today, a conference dedicated to the prospects for the development of higher education was held at the Kimyo International University in Tashkent.

Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida oliy taʼlimni rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.


Konferensiyada Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO), Oliy taʼlim sohasidagi milliy ekspertlar guruhi (Higher Education Reform Experts- HEREs), Oliy taʼlim tadqiqotlarini rivojlantirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish markazi vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyada 2023 yilgi Erasmus+ tanlovlarida hamkorlik va yangiliklarni tatbiq etish imkoniyatlari, xususiy universitet tajribasi va universitetlarni akkreditatsiya qilish jarayonlari, aqlli universitetlar va ularning oʻrni va ahamiyati kabi mavzularda taqdimot qilindi. Shuningdek, parallel sessiyalarda doktorantlar va ilmiy darajaga daʼvogar izlanuvchilar uchun mahorat darslari tashkil qilindi.