A meeting was held today with the management of Hanyang University

Bugun Xanyang universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Hozirda Toshkent Kimyo universitetining Taʼlim sifati va xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori K.B.Axmedjanov boshchiligidagi bir guruh vakillar Koreya Respublikasida safarda boʻlib turishibdi. Safar davomida vakillarimizning qator universitetlarga tashriflari rejalashtirilgan. Jumladan, bugun Xanyang universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada mustahkamlash, qoʻshma dasturlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xanyang universitetida “2+2” dasturi asosida tahsil olayotgan universitetimiz talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning oʻqish va yashash sharoitlari, muvaffaqiyat va muammolari yuzasidan maʼlumotlar oʻrganildi. Muloqot chogʻida universitetimiz tomonidan Koreyadagi talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi