Bugungi zamonaviy universitetlar oldidagi eng muhim vazifalardan biri — talabalarning nazariy bilimlarini real amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdir.
Shu maqsadda Kimyo International University in Tashkent hamda “KAFIL SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida talabalar va magistrantlar kompaniyada amaliy stajirovka o‘tash, real moliyaviy jarayonlar bilan ishlash hamda sug‘urta sohasi bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, tomonlar sug‘urta risklarini baholash, moliyaviy va statistik tahlillar, yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib boradi. Memorandum doirasida seminar, master-klass va malaka oshirish dasturlari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.