The visit of our delegation to the United States, in particular to Roosevelt University, continues

Delegatsiyamizning AQSh dagi, xususan Ruzvelt universitetidagi tashriflari davom etmoqda


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universiteti taʼsischisi A.Vaxobov hamda universitet rektori J.Kudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya Ruzvelt universitetining MBA dasturi boʻyicha yoʻnalish rahbari Ryan Petty bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tomonlar, MBA dasturi boʻyicha dunyoda eʼtirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik muhitining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalarni 1+1 dasturida oʻqitish bosqichlarini muhokama qilishdi.
Xususan, hamkorlik dasturi asosida dastlabki oʻquv yili Toshkent Kimyo xalqaro universitetida va qolgan muddati esa Ruzvelt universitetining oʻzida oʻqitish tartibi koʻrib chiqildi.
Eslatib oʻtamiz, sal avval Oʻzbekistonda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Ruzvelt Universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ruzvelt universitetida MBA dasturining asosiy qismi amaliyotga asoslanganligi tufayli Chikagodagi tovar birjasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Shuning uchun mezbonlar vakillarimizni Chikagodagi tovar birjasi faoliyati bilan tanishish uchun ham taklif qilishdi.
 Maʼlumot uchun, Chikagodagi tovar birjasi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, valyutalar, energiya, foiz stavkalari, metallar, fond indekslari va kriptovalyuta fyucherslarini oʻz ichiga olgan turli xil aktivlarni sotish bilan shugʻullanadi.
Delegatsiyamizning AQSh dagi tashriflari davom etmoqda.