Pearson Edexcel International GCSE certificates are now recognized by Kimyo Tashkent International University

Endilikda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Pearson Edexcel International GCSE sertifikatlari tan olinadi


Bu nima degani? 
Ingliz tili, matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlaridan Pearson Edexcel International GCSE tegishli sertifikatiga ega boʻlgan (“С” darajasidan past boʻlmagan) abituriyentlar, universitetning kirish imtihonlarida yuqoridagi fanlar boʻyicha test sinovlaridan ozod etiladi.
Bunga Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va ACPA-EDU MChJ oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asos boʻla oladi. 
Tomonlar abituriyentlarni universitetga kirish imtihonlariga tayyorlash va qabul bilan bogʻliq yoʻnalishlarda keng koʻlamli hamkorlikni amalga oshiradilar. Shartnomaga muvofiq, universitet ACPA-EDU tomonidan berilgan “Pearson Edexcel International GCSE” sertifikatlarini tan oladi.