Partnership with Energy Exemplar

Energy Exemplar kompaniyasi bilan hamkorlik


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dunyoning koʼp mamlakatlarida, jumladan, Yaponiya, АQSh, Аvstraliya, Hindiston va Singapur kabi davlatlarda oʼz tarmoqlariga ega boʼlgan Buyuk Britaniyaning Energy Exemplar kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼydi. 
Ushba hamkorlik doirasida Energy Exemplar kompaniyasi energetika va muqobil energiya manbaalari tizimlarini modellashtirish va simulyatsiya qilish uchun moʼljallangan eng mukammal Plexos dasturining litsenziyalarini Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga taqdim qildi.
Kelajakda ikki tomon universitet bazasida hamkorlikda energetika va muqobil energiya manbaalari laboratoriyalarini yaratish, talabalar amaliyot darslarini tashkil qilish hamda “Muqobil energiya” taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilarini Energy Exemplar kompaniyasi tarmoqlarida ish bilan taʼminlashga kelishib olindi.