ERASMUS+ WEEK 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!
2026-yil 8-may kuni Kimyo International University in Tashkent hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi hamkorligida Erasmus+ CBHE EMPOWER loyihasi doirasida xalqaro workshop tashkil etildi.
“Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan” mavzusidagi ushbu workshop ayollar tadbirkorligi, liderlik, innovatsiyalar va gender tengligini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.
Tadbirda:
Aziza Karimovna Abdurakhmonova — O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi direktori
Akmal Baltayevich Allakuliyev — KIUT rektori
Farkhad Niyazov — KIUT SDG Excellence Centre direktori
Janar Salimovna Abuova — EMPOWER loyihasi bosh koordinatori
ishtirok etdi.
Workshop 70 ga yaqin offline hamda 100 dan ortiq online ishtirokchilarni birlashtirib, xalqaro tajriba almashish va yangi hamkorliklar uchun samarali platformaga aylandi.
Interaktiv sessiyalar, ilhomlantiruvchi chiqishlar va ochiq muloqotlar ayniqsa yoshlar hamda qizlarda katta motivatsiya uyg‘otdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
ERASMUS+ WEEK 2026 — bu nafaqat workshop, balki ayollarni ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlik orqali qo‘llab-quvvatlash sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
#ErasmusWeek2026 #EMPOWER #ErasmusPlus #CBHE #WomenEmpowerment #KIUT #GenderEquality #Entrepreneurship #Leadership